Jondorda uchta tibbiyot muassasasi yangidan qurildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 29 martdagi «O‘zbekiston respublikasida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari faoliyatini tashkil etishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Qaroriga muvofiq Jondor tumanidagi 26 ta qishloq vrachlik punktining 8 tasi qishloq oilaviy poliklinikasi (QOP)ga aylantirildi va 10 tasi qishloq vrachlik punkti sifatida koldirildi. Bu muassasalar bosqichma-bosqich kapital ta’mirdan chiqarilib, zamonaviy laboratoriya va tahlil vositalari, qator diagnostika apparatlari bilan jihozlanayapti. «Obod qishloq» davlat dasturi asosida tumanda shunday tibbiyot muassasalaridan 3 tasi yangidan kurilib, foydalanishga topshirildi. Ob’ektlardan biri Oxshix qishlog‘ida joylashgan «Guliston» qishloq vrachlik punktidir. 1 milliard 180 million so‘m sarmoya evaziga zamonaviy qiyofa kasb etgan muassasa «Dilshoda Dilnavoz» MChJ tomonidan kapital rekonstruksiya kilindi. Ayni kunda 9 ta qishloqning 10 mingdan ortiq aholisiga xizmat ko‘rsatayotgan QVP 75 qatnovli bo‘lib, 5 nafar umumiy amaliyot shifokori va 34 nafar o‘rta tibbiyot xodimiga ega.

“Qalmoq” MFY, Xumin qishlog‘ida joylashgan qishlok oilaviy poliklinikasi esa yangidan ikki qavatli qilib qurildi. «SDF» MChJ bunyodkorlari tomonidan barpo etilgan muassasaga 1 million 932 million so‘m mablag‘ sarflandi. Hududdagi 9 ta qishloqning 7655 nafar aholisiga xizmat ko‘rsatayotgan poliklinika 75 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, bu yerda 3 nafar umumiy amaliyot shifokori va 23 nafar o‘rta tibbiyot xodimi faoliyat yuritadi.

Yana bir tibbiy muassasa “Yangiobod” MFY Og‘ar qishlog‘ida joylashgan “Og‘ar-1” qishloq vrachlik punktidir. «Neftgazgarantstroy» MChJ quruvchilari tomonidan 710 million so‘mga yangicha qiyofaga kirgan  tibbiy punkt atrofdagi 3 ta qishloqning 5568 nafar aholisiga xizmat ko‘rsatmoqda. Muassasa 75 qatnovli bo‘lib, oliy ma’lumotli umumiy amaliyot shifokori va 19 nafar o‘rta tibbiyot xodimiga ega.

Muassasalarning tantanali ochilish marosimida tuman hokimligi mutasaddilari, quruvchilar, mehnat faxriylari ishtirok etib, yurtimizda aholiga sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatish borasida amalga oshirilayotgan yangilanishlar xususida to‘xtaldilar. Qishloq poliklinikalarida yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdilar.

Manba buxoro.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.