Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik avjida

Viloyat hokimligi sogʼliqni saqlash boshqarmasi tizimida bugungi kunda 250 dan ortiq davolash profilaktika muassasalari mavjud. Shundan 22 tasi shifoxonalar, 6 ta dispanserlar, 10 ta markazlar, 70 ta QOP, 93 ta QVPlar, 13 ta tez yordam boʼlimlari, 2 ta stomatologiya, qon quyish markazi, sud med ekspertiza va patologoanatomiya byurosi, bolalar uyi va 3 tasi muruvvat uylari hamda boshqa muassasalardan iborat. Prezidentimizning 2019 yil 30 iyuldagi PQ-4407-sonli va Sogʼliqni saqlash vazirligining 2019 yil 4 avgustdagi 206-sonli buyrugʼiga asosan Boshqarmaning  5 avgustdagi 218-sonli buyrugʼi ishlab chiqilgan boʼlib, unda viloyat shifoxonalari hamda shahar va tuman tibbiyot birlashmalarida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik koʼrish, bu boradagi ishlarni talab darajasida tashkil etish chora-tadbirlari belgilangan.

  Tibbiyot muassasalarini kuz-qish mavsumiga  tayyorlash uchun jami toʼqqiz mlrd. soʼmdan oshiqroq mablagʼ yoʼnaltirish rejalashtirilgan. Unga koʼra, mahalliy byudjetdan 8200.4 mln soʼm, rivojlantirish va  homiylar mablagʼlari hisobidan 1458.3 mln soʼm ajratilishi koʼzda tutilmoqda.

Mukammal taʼmirlash rejasiga binoan – issiqlik tarmoqlarini taʼmirlash         3.0 kmdan 2.51 km (83.7%), suv tarmoqlarini taʼmirlash 0.70 kmdan 0.61 km (87.1%), gaz tarmoqlarini taʼmirlash 0.60 kmdan 0.55 km (91.7%), 10 ta qozonxonadan 9 tasi (90%), 12 ta mavjud qozonlardan 11 tasi (91.7%) mukammal taʼmirlandi.

Joriy taʼmirlash rejasiga koʼra, asosiy tadbirlardan tibbiyot muassasalari boʼlimi binolarini taʼmirlash, qozon va qozonxonalar, issiqlik, sovuq suv tizimlari reja asosida sifatli taʼmirlanishi koʼzda tutilgan. Shu kunga qadar tibbiyot muassasalarida  145 ta qozonxonadan 121 tasi, 69 ta qozondan 57 tasi, 11.7 kmdan  9.6 km     isitish tarmoqlari,  18.3 kmdan 13.8 km suv tarmoqlari, 6.6 kmdan 5.8 km  gaz tarmoqlari, 59 donadan  48 dona GRPlar, 69 tadan 57 ta  tibbiyot muassasa va boʼlimlar, 44 tadan  27 ta maʼnan eskirgan qozonlarni almashtirish, 4004 kvadrat metrdan  2880 kvadrat metr yumshoq tom, 7800 kvadrat metrdan   5826 kvadrat metr shifer qoplamasi, 6500 metr issiqlik tarmoqlarini izolyatsiya qilishdan 5300 metr, 70 ta hojatxonadan  60 tasi,  1652 metr kvadrat oynalashdan 1104 metr kvadrat, 56 ta qalqon-shitlardan 52 tasi,  125 ta gaz jihozdan  102 tasi va 110 tadan 100 ta elektr jihozlari, 8097 donadan 6486 dona  tejamkor lampalar  almashtirildi.

2018-2019 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorlash  uchun 132 ta muassasaga     jami 653.0 tonna, shundan 169.0 tonna koʼmir va 484.0 tonna briketlar tarqatish rejalashtirilgan boʼlib, tashish ishlari davomida ularning 205 tonnasi tarqatildi. Viloyat boʼyicha 20 ta muassasa  issiqlikni «Issiqlik manbai» tashkilotidan, 3 ta muasssasa “Energomarkaz” АOJdan issiqlik oladi. 1 ta muassasa elektroisitkich bilan (Jongeldi KUK) isitiladi  va 228 ta muassasa Individual tipidagi qozonlaridan foydalanadi.

Tizimdagi muassasalarning barchasida kuz-qish monitoring yurituvchi shtablar tashkil etilgan. Ularda kunlik monitoring olib borish va doimiy ravishda shtab yigʼilishlari oʼtkazilib, maʼlumotlar Sogʼliqni saqlash vazirligi  va  viloyat hokimligiga  muntazam ravishda yetkazib berilmoqda.

               Gʼafur SАFАROV,

 Viloyat sogʼliqni  saqlash boshqarmasi

texnika nazorati boʼyicha bosh mutaxassisi.

       

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.