Tez tibbiy yordam avtomobillari haydovchilari mehnatiga haq to‘lash miqdorlari oshirildi

“Avtomobil transporti haydovchilari mehnatiga haq to‘lashning umumiy shartlari to‘g‘risidagi nizomning 1-ilovasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida”gi qaror Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, mazkur hujjat bilan tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilarining oylik ish haqi oshirilishi nazarda tutildi.

Avvalgi tartibdan farqli ravishda, endilikda, tibbiy xizmat avtomobillari haydovchilari belgilangan umumiy razryadga nisbatan bir razryad yuqori miqdorda oylik ish haqi oladi.

Ushbu hujjat 2019 yil 26 avgustdan kuchga kiradi.

Manba kun.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.