Tibbiyot xodimlarining takliflari oʼrganildi

Oʼzbekiston “Аdolat” SDP viloyat va Shofirkon tuman Kengashi tomonidan Shofirkon tuman Tibbiyot birlashmasida “Jamiyatda yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirishda siyosiy partiyalarning oʼrni” mavzusida davra suhbati oʼtkazildi. Unda partiya viloyat, tuman Kengashi mutasaddilari, deputatlar, faollar, tibbiyot xodimlari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʼzga chiqqan mahalliy Kengash deputatlari aholining siyosiy faolligini oshirish maqsadida partiya tomonidan tashkil etib kelinayotgan siyosiy oʼquvlar, loyihalar doirasida olib borilayotgan oʼrganishlar, oʼrganilgan muammolar asosida esa mutassaddi tashkilot rahbarlariga yuborilgan deputatlik soʼrovlari hamda ularning natijalari xususida toʼxtalib oʼtishdi.

Tadbir davomida soha faoliyatini yanada rivojlantirish, xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ularning masʼuliyatli vazifalar haqida ham alohida soʼz bordi. Shuningdek, joylarda oʼzaro hamkorlikda tibbiy koʼriklarni tashkil etib borish, fuqarolarning salomatligiga eʼtibor qaratish borasida fikr va mulohazalar almashildi.

Аholiga yanada samarali va sifatli tibbiy xizmat koʼrsatish, nafaqat soha bilan bogʼliq bilimlarni mustahkamlab borish, balki chet tillari boʼyicha ham ularning malakasini oshirish, rivojlangan mamlakatlarning tibbiyot tizimidagi yangiliklarni oʼrganib borish, oilaviy poliklinikalarda fuqarolarni qabul qilishning elektron tizimini yanada shakllantirish va boshqa shu kabi qator takliflar bildirildi.

Manba buxoro.uz

This entry was posted in Yangiliklar. Bookmark the permalink.